17:12 / 24.03.2020
3 486

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda. «Ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir fuqaroda aniqlangan», – deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 49 nafarga yetgani, infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov 24 mart kuni AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida O‘zbekistonda koronavirusga chalingani qayd etilgan birinchi bemor Fransiyadan qaytgach uyida 35 kishilik bayram uyushtirgani hamda kasallikning tarqalish zanjirini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi