23:00 / 31.03.2020
3 148

Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratdi

Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratdi
Rossiyalik milliarder, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan taniqli tadbirkor Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash doirasidagi tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratdi.

«O‘zbekiston 24» telekanalida xabar qilinishicha, ushbu mablag‘ Toshkent viloyati Zangiota tumanida koronavirus tufayli O‘zbekistonga olib kelingan vatandoshlarni karantinga olish uchun zarur bo‘ladigan shifoxonalar jihozlanishi uchun sarflanadi.

«Taniqli tadbirkor, metsenat Alisher Usmonov ham davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga o‘z hisobidan xayriya mablag‘lari o‘tkazayotgan saxiy yurtdoshlarimiz qatorida shu kunlarda jadallik bilan bunyod etilayotgan mazkur kasalxona qurilishiga baholiqudrat o‘z hissasini qo‘shish niyatida ushbu shifoxonani eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun 20 million dollar miqdorida mablag‘ni ajratdi.

Bu mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi va xalqimiz salomatligini muhofaza qilish va tiklash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan bunyod etilayotgan bunyod etilayotgan mazkur kasalxonani zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, milliarder Alisher Usmonov ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi, u koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda izolyatsiyada yashashga qaror qildi.

Ayni vaqtda Zangiota tumanida 27 gektar maydonda 10 ming bemorni yoki karantinga olinadiganlarni bag‘riga sig‘dira oladigan maxsus joylar barpo etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratdi