date
views 3 618

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.
Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 178 bemor davolanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar 1 milliondan oshdi, ulardan 51371 nafari halok bo‘lgan, 210 mingdan ortiq kishi tuzalgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205taga yetdi