
Zangiota tumanida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, shu yilning 20 aprel kuni soat 03:00 lar chamasida Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi uch yigit (ikkitasi 17 yoshga to‘lmagan, bittasi 19 yoshda) o‘zlariga avvaldan tanish bo‘lgan o‘n sakkiz yashar K.R. (ayol) bilan janjallashib ketadi.
Buning oqibatida yigitchalar oshxona pichog‘i bilan qizning bo‘yin, qorin hamda tanasining turli qismlariga urib, shu yerdan oqib o‘tuvchi «Tuyabo‘g‘iz» kanaliga tashlab yuborishadi va hodisa joyidan yashirinishadi.
K.R. olgan tan jarohatlariga qaramasdan kanaldan chiqib, o‘z uyiga yetib borgan va yaqinlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlarning sa’y-harakati bilan hayoti saqlab qolingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib (JK, 25,97-modda – «Odam o‘ldirishga sui’qasd qilish»), shu kunning o‘zida uchovlon qo‘lga olingan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar