04:52 / 15.05.2020
6 140

Karantin 1 iyungacha uzaytirildi va navbatdagi yengilliklar e’lon qilindi

Karantin 1 iyungacha uzaytirildi va navbatdagi yengilliklar e’lon qilindi
Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi.
15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

«Qizil» toifadagi hududlarda:
- yakka tartibdagi hunarmandchilik;
- avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
- elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash;
- ijara va lizing xizmatlari;
- buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish.

«Sariq» toifadagi hududlarda «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:
- rieltorlik faoliyati;
- reklama va marketing faoliyati;
- xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
- mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
- park va istirohat bog‘lari (attraksionlar, ko‘ngilochar ob’ektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09-00dan 20-00ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi.

«Yashil» toifadagi hududlarda «sariq» va «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:
- ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
- kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
- muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
- veterinariya xizmatlari;
- binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin 1 iyungacha uzaytirildi va navbatdagi yengilliklar e’lon qilindi