Foto: Videolavhadan skrinshot
Joriy yilning 2 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Epika» rusumli avtomashina YPX inspektorini old kapoti ustida sudrab ketganligi aks etgan video tarqaldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, video lavha o‘rganilganda, Buxoro viloyati IIB YHXB YPXO 1-safarbar guruhi YPX inspektorlari N.Sharipov va V.Qurbonovlar 2 iyun kuni soat 12:00larda, Buxoro shahridagi Karvon buyum bozori oldidan o‘tgan M-37 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha xizmat olib borayotgan bo‘lishgan.
Xizmat jarayonida N.Sharipov oq rangli «Epika» rusumli transport vositasini YHQning 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisiga amal qilmay to‘xtaganligi uchun o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan. Inspektor haydovchiga o‘zini tanishtirib, sodir etgan huquqbuzarligini tushuntirgan va avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishni so‘ragan. Shunda haydovchi avtomashina oynalarini ko‘tarib, eshiklarini qulflagan. Bu vaqtda haydovchining qochib ketishini oldini olish maqsadida YPX xodimi V.Qurbonov avtomashina oldiga turgan.
Haydovchi esa YPX inspektori turganligiga qaramasdan harakatni boshlagan. YPX inspektori avtomashinaning kapot qismiga osilib qolgan va avtomashina haydovchisi taxminan 10 metr masofagacha harakatlanib keyin to‘xtagan.
Haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, voqea joyiga shahar IIB va prokuratura organlari xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi yetib borgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi