
MIB Yunusobod tuman bulimi ish yurituvida Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 18.02.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, karzdor "Qurilish Universal Kompakt Servis" MCHJdan undiruvchi davlat foydasiga 374 mln. 617 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 05.05.2020 yilda kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda bajarilmaganligi sababli bo‘lim davlat ijrochisi S.Abduqayumovning majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish natijasida qarzdor "Qurilish universal Kompakt servis" MCHJ hisob raqamidan 374 mln. 617 ming so‘m davlat boji to‘liq undirilib “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi tamomlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar