Javobgarlikka tortilishidan xulosa qilgan ota

Aliment undiruvlari faoliyatidagi eng dolzarb yo‘nalishlaran biri hisoblanadi.
Byuroning Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor X.A.dan undiruvchi X.N. foydasiga voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor X.A.ning aliment qarzdorligi 11 mln. so‘m tashkil etishi aniqlanib, unga sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qarzdor bir nech marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, aliment to‘lovini paysalga solib kelganligi oqibatida 65 mln.so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.
Shuningdek, alimentdan bo‘lgan qarzdorlik bartaraf qilinmagan taqdirda qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilishi xaqida ogohlantirilgan.
Ijro harakatlari davomida, taraflarga tushuntirish ishlari olib borilganligi natijasida qarzdor otadan undiruvchi foydasiga aliment to‘lovidan bo‘lgan 65 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari to‘liq undirib berildi.































Izohlar 0
…