date
views 2 480

Karantinda notarius orqali uy oldi-sotdisini amalga oshirsa bo‘ladimi?

Karantinda notarius orqali uy oldi-sotdisini amalga oshirsa bo‘ladimi?
AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga oid savollarga javob qaytardi:

- Karantin vaqtida notarius orqali uy oldi-sotdi guvohnomasini olsa bo‘ladimi?
- Bo‘ladi. Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 20 apreldagi 21-son bayonining 5-bandiga ko‘ra notariuslarning karantin talablariga rioya qilgan holda ishlashiga ruxsat berilgan.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki e-notarius.uz sayti orqali uydan chiqmasdan turib, notarius qabuliga elektron navbatga yozilish va e-notarius.uz sayti orqali barcha notarial harakatlar haqida to‘liq ma’lumot olish va notarius kalkulyatori xizmatidan foydalanib, davlat boji va boshqa to‘lovlarni mustaqil hisoblash imkoniyati yaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinda notarius orqali uy oldi-sotdisini amalga oshirsa bo‘ladimi?