07:53 / 23.06.2020
1 874

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro jinoyatchilarni ushlab berishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro jinoyatchilarni ushlab berishga kelishib oldi
2016 yil 17 oktabrda «O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risida»gi Bitim imzolangan edi. Shuningdek 2017 yil 5 dekabrda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida»gi Shartnoma ham kuchga kirdi.

Ushlab berish to‘g‘risidagi Bitim jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni ekstraditsiya qilish shartlari, ekstraditsiya qilish to‘g‘risida so‘rovnomani o‘z ichiga olgan hujjatlarga talablar, bunday so‘rovnoma yuborilgunga qadar vaqtincha qamoqda saqlash shartlari va muddatlarini tartibga soladi.

Mazkur Bitim ikki davlat o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida samarali hamkorlik qilish uchun huquqiy asos bo‘ladi va jazoning muqarrarligi tamoyilini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Bitimga ko‘ra ushlab berish bo‘yicha barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston tomoni uchun Bosh prokuratura va Afg‘oniston tomoni uchun Adliya vazirligi markaziy organlar hisoblanadi.

Yuqoridagi Shartnoma esa tomonlar vakolatli organlari o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish, ishlarning sudga tegishliligi masalalari hamda hujjatlar, dalillar talab qilish uchun so‘rovnoma yuborish va sud jarayonlarini o‘tkazish, sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartibini belgilaydi.

Shartnoma fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida fuqarolik va oila ishlari bo‘yicha huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda jinoyatchilikni oldini olish, tergov va sud qilish masalalarida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari aloqalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Shartnoma bo‘yicha tomonlar markaziy organlari quyidagilar hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi uchun – Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi;
- Afg‘oniston Islom Respublikasi uchun – Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi.

Kuni kecha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, ushbu xalqaro shartnomalarni Vazirlik vakolati doirasida amaliyotga samarali tatbiq etish maqsadida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, IIV huzuridagi Tergov departamenti va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi mas’ul etib belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro jinoyatchilarni ushlab berishga kelishib oldi