14:55 / 23.06.2020
6 535

O‘zbekistonlik deputat Putinga javob qaytardi

O‘zbekistonlik deputat Putinga javob qaytardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘nggi intervyularidan biri ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Putin sobiq ittifoqdan chiqib ketgan respublikalar xususida shunday fikr bildirgandi.

«Agarda biror respublika Sovet ittifoqi hududiga kirgan bo‘lsayu, o‘z yukxonasiga katta miqdorda Rossiyaga tegishli yerlarni, Rossiyaning an’anaviy tarixiy yerlarini qo‘shib olgan va ittifoqdan chiqib ketishga qaror qilgan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda nima bilan kelgan bo‘lsa, o‘shani olib ketsin. Rossiya xalqining sovg‘alarini olib ketmasin», — degandi Putin.

Rossiya prezidentining ushbu da’vosiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Adolat» SDP fraksiyasi a’zosi Qodir Jo‘rayev javob qaytardi.

«Agar mashhur siyosatchi da’vo qilgan revizionistik mantiqdan kelib chiqadigan bo‘lsak, unda Amir Temur barpo etgan saltanat hududlarini «bizning tarixiy yerlarimiz» deb aytishga bemalol haqqimiz bor. Darvoqe, o‘z vaqtida kichik bir shahar bo‘lgan Moskva ham Amir Temur davlati tarkibiga kirgan.

Quyidagi xarita internetdan olindi. Haqiqiy xarita Temuriylar tarixi Davlat muzeyida turibdi. Shu bois, yaxshisi zamonaviy xalqaro munosabatlarda revizionistik qarashlardan butunlay voz kechganimiz ma’qul
», — deya javob qoldirgan Qodir Jo‘rayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik deputat Putinga javob qaytardi