Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘nggi intervyularidan biri ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Putin sobiq ittifoqdan chiqib ketgan respublikalar xususida shunday fikr bildirgandi.
«Agarda biror respublika Sovet ittifoqi hududiga kirgan bo‘lsayu, o‘z yukxonasiga katta miqdorda Rossiyaga tegishli yerlarni, Rossiyaning an’anaviy tarixiy yerlarini qo‘shib olgan va ittifoqdan chiqib ketishga qaror qilgan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda nima bilan kelgan bo‘lsa, o‘shani olib ketsin. Rossiya xalqining sovg‘alarini olib ketmasin», — degandi Putin.
Rossiya prezidentining ushbu da’vosiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Adolat» SDP fraksiyasi a’zosi Qodir Jo‘rayev javob qaytardi.
«Agar mashhur siyosatchi da’vo qilgan revizionistik mantiqdan kelib chiqadigan bo‘lsak, unda Amir Temur barpo etgan saltanat hududlarini «bizning tarixiy yerlarimiz» deb aytishga bemalol haqqimiz bor. Darvoqe, o‘z vaqtida kichik bir shahar bo‘lgan Moskva ham Amir Temur davlati tarkibiga kirgan.
Quyidagi xarita internetdan olindi. Haqiqiy xarita Temuriylar tarixi Davlat muzeyida turibdi. Shu bois, yaxshisi zamonaviy xalqaro munosabatlarda revizionistik qarashlardan butunlay voz kechganimiz ma’qul», — deya javob qoldirgan Qodir Jo‘rayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi