
24 iyun kunidan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ixtiyoriy murojaat qilgan davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari hamda fuqarolarni ushbu infeksiyaga pullik asosda tekshirishga ruxsat berilgandi.
Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi rahbari Malika Qudratxo‘jayevaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, shu yilning 25 iyun sanasiga qadar Toshkent shahrida joylashgan «Tibbiyot dunyosi», «SWISS LAB», «VITROS DIAGNOSTICS», «GENOTEXNOLOGIYA» va «AKFA MEDLINE» singari nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘z laboratoriyalarida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirish xizmatini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolashgan.
Ushbu nodavlat tibbiyot muassasalari laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun belgilangan talablarga javob berishi to‘g‘risidagi tegishli xulosalar berildi.
Shunga ko‘ra, poytaxtimizda birinchilardan bo‘lib «Tibbiyot dunyosi» MCHJ ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini 24 iyundan boshlagan bo‘lsa, qolgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham shu hafta ichida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirishni boshlashini ma’lum qilishgan.
ToshkentKoronavirusTibbiyot TashkilotlariPullik TekshirishMalika Qudratxo'jayevaLaboratoriya Sharoitlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar