Foto: newlife.ru
Lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi COVID-19 kasalligini davolashda foydasiz. Bu haqda Britaniyaning RECOVERY klinik tadqiqoti rahbarlarining bayonotida ma’lum qilindi.
Lopinavir va ritonavir ko‘pincha immunitet tanqisligi virusini (OIV) davolashda qo‘llaniladi. Biroq tadqiqotchilar bunday dori COVID-19’ga chalingan bemorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi.
Bunday holda lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi og‘ir ahvoldagi bemorlarda sinovdan o‘tkazilmagan. Chunki bu dorini sun’iy nafas oldirish moslamalariga ulangan bemorlarga berish qiyinchilik tug‘diradi.
RECOVERY tadqiqoti mart oyidan beri o‘tkazilmoqda va unda 11,5 ming bemor ishtirok etmoqda. Tadqiqot koronavirus infeksiyasini davolashda turli dorilarning samaradorligini o‘rganadi.
Yanvar oyi oxirida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga «Kaletra» (lopinavir + ritonavirning xalqaro patentlanmagan nomi) dorisini kiritdi. Aprel oyida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, koronavirus fonida dorixonalarda ushbu OIVga qarshi dori-darmonlarga talab 15 baravar oshdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oddiy odamlar qo‘lida dori foydasiz yoki hatto zararli bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSHda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topilgan edi. Yevropa esa remdesivir dori vositasini koronavirusga qarshi davolashda sotuvga chiqargani ma’lum qilindi.
Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari koronavirusni deksametazon bilan davolashni «ilmiy yutuq» deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi