G‘uzor tuman hokimligi «Daryo»ga shikoyat qilgan hamshiraning gaplari asossizligini, hamshira tilga olgan shifokor Oktabr Nurxonov, hamshiralar Lobar Jumayeva hamda Dilfuza Qurbonovalar 2020 yil 28 iyun kunidan beri ishga chiqmaganligini, ular uy sharoitida karantinga olinganini ma’lum qildi.
G‘uzor tuman hokimligi «Daryo»da e’lon qilingan «G‘uzorlik hamshira koronavirusdan vafot etgan bemorni davolagan bo‘lim xodimlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotganidan tashvishlanmoqda» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.
Ma’lumot berilishicha, maqolada tilga olingan holat tuman hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
«Tuman tibbiyot birlashmasining ma’lum qilishicha, maqolada nomlari ko‘rsatilgan shifokor Oktabr Nurxonov oxirgi marotaba 27 iyun kuni kechki payt shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida navbatchilikka turgan va 28 iyun kuni navbatchilikni topshirib ketgan. Hamshiralar — Lobar Jumayeva hamda Dilfuza Qurbonovalar oilaviy muammolari sabab 29—30 iyun kunlari ishga kelmaganligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ushbu xodimlarning ishga kelishi-ketishi nazorat jurnali va tabelda ham qayd etilmagan», — deyiladi hokimlik axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.
Hokimlikning tuman tibbiyot birlashmasiga tayanib qo‘shimcha qilishicha, TTB shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi karantinga olingach, ayrim hamshiralar vahima va sarosimaga tushib qolgan va ijtimoiy tarmoqlarga bilib-bilmay murojaat yo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Qashqadaryoning G‘uzor tumani va viloyatdagi 17 ta mahalla «qizil» hudud deb e’lon qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari