
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent hayvonot bog‘ida pushti flamingolar o‘rin olgan yangi pavilon ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Hozirda bu yerda 33 ta pushti flamingo yashamoqda. Ularning 23 tasi BAAdan, 10 tasi Orol dengizi qirg‘oqlaridan olib kelingan», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yangi pavilon jahon standartlariga to‘liq javob beradi, bu yerda bir necha suv havzalari va maxsus landshaftlar qurilgan.
Hayvonot bog‘i 2021 yilda ushbu flamingolardan nasl olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, mahalliy ornitologlar 2014 yili Qoraqalpog‘istondagi Sudoche ko‘lining sharqiy qirg‘og‘ida 7000 flamingo borligini aniqlagan.






Toshkent HayvonotPushti FlamingoYangi PavilonSuv HavzalariJahon StandartlariMahalliy Ornitologlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar