12:55 / 15.07.2020
2 102

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga yetib bormadi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga yetib bormadi
Sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan dori vositalarini noqonuniy yo‘llar bilan yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dout-ota” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro R.J. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 7,6 million so‘mlik 153 konvalyutada jami 3825 dona “Konkor” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga yetib bormadi