Foto: AFP
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva JSST tomonidan samarasiz deb topilgan «Gidroksixloroxin» preparati O‘zbekistonda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlarni davolash uchun qo‘llanayotgani haqidagi munozaralar yuzasidan izoh berdi.
«2020 yil fevral oyida fransuz olimlari yangi koronavirusga qarshi ikkita mavjud dori preparatlari: gidroksixlorin va azitromitsinning kombinatsiyasidan foydalanishning klinik tajribasi muvaffaqiyatli natijasi to‘g‘risida ma’lum qilishdi.
Fransuz olimlari gidroksixloroxin preparatini alohida va antibiotik ta’sirga ega azitromitsin bilan birga COVID-19’ni davolash uchun birinchi marta klinik tajribadan o‘tkazishdi. Davolashning beshinchi kunida barcha bemorlarda koronavirusga test tahlili manfiy natija ko‘rsatdi. Ya’ni besh kun ichida klinik tajribadagi barcha bemorlar koronavirusdan sog‘ayishdi.
Xitoydagi tadqiqotlar ham bezgakka qarshi qo‘llanib kelingan ushbu dori pnevmoniya rivojlanishini to‘xtatishda, o‘pka holatini yaxshilashga va kasallik davomiyligini qisqartirishga samarali ta’sirini ko‘rsatgan. Tadqiqot mualliflari koronavirusni davolash uchun har kuni 500 mg xloroxinni 10 kun davomida qabul qilish yetarliligini ta’kidlashgan», deydi shtab a’zosi.
Ma’lumot uchun, shu yilning iyunida AQSHning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni koronavirusdan davolashda bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlaridan foydalanishga bergan ruxsatini bekor qilgandi. Iyul oyida Braziliya infektologlari jamiyati gidroksixloroxinni Covid-19’ga qarshi samarasiz deb topdi va ushbu preparatdan foydalanmaslikka chaqirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu bori koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga tavsiya qilingan dorilar jamlanmasiga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi