Mamlakatda hududlarni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, chet el kapitalini jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgan. Shu bilan birga, bunday erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilgan korxonalarga yer ajratilishi, soliq va bojxona imtiyozlari berilishi belgilab qo‘yilgan. Lekin ayrim nopok tadbirkorlar tomonidan esa bunday imtiyozlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga bo‘lgan urinishlar uchrab turadi.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlaridan birining faoliyatini o‘rganishdi.
Tartib taomillarga ko‘ra, ushbu hududda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 yanvardagi PQ-4931-sonli Qarori talablari asosida chetdan olib kelgan umumiy qiymati 56 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 28 ming dona velosiped shinalaridan ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishi kerak edi.
Biroq “uddaburon” tadbirkor shinalarni olib kelishga olib keldi, biroq ularni mahalliy bozorda sotib yubordi.
Natijada tadbirkorga nisbatan qo‘llanilgan 121 million so‘mlik bojxona imtiyozlari bekor qilindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi