23:05 / 22.07.2020
2 851

MIB faoliyatidan: 3 nafar xodimi ishga tiklandi

MIB faoliyatidan: 3 nafar xodimi ishga tiklandi
Xodimni asossiz ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi. Fuqarolarning mehnat huquqi Bosh qomusimizdan tashqari, Mehnat qodeksi va boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan.

Fuqaro G‘.Inoyatov, A.Halilov va F.Akramov “Jizzax petroleum” MCHJ QK Muborak hududiy ishlab chiqarish korxonasiga nisbatan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudida da’vo qo‘zg‘adi. Da’voda ish beruvchi ularni noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatgani aytilib, lavozimiga tiklash va majburiy bekor yurgan kunlari uchun pul undirish so‘raladi. Ta’kidlanishicha, ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganidan xodimlar qonuniy tartibda xabardor qilinmagan.

Mehnat kodeksining 112-moddasida ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatilishi aniq yozib qo‘yilgan. Mazkur kodeksning 275-moddasiga ko‘ra, ishga tiklanganda ish beruvchi tomonidan xodimga majburiy progul vaqti uchun haq to‘lanishi shart.

FIB Koson tumanlararo sudi ijro varaqasida da’vogarlarni ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun ish haqi va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini qanoatlantirdi.

Ushbu ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan kuniyoq ijro ishi yuritish qo‘zg‘atildi va ijro harakatlari jarayonida G‘.Inoyatov korxonaning 2-sex neft va gaz qazib chiqarish ustasi, A.Halilov 4-darajali neft va gaz qazib chiqarish kuzatuvchisi, F.Akramov 5-sex tarkibidagi “Mullaxol” konining 3-darajali neft va gaz qazib chiqarish kuzatuvchisi vazifasiga tiklandi. Hozirda, xodimlarning ish haqlarini undirish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: 3 nafar xodimi ishga tiklandi