09:33 / 27.07.2020
1 880

Tibbiyot xodimlariga 9 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilmagani aniqlandi

Tibbiyot xodimlariga 9 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilmagani aniqlandi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilayotganligi nazoratga olinib, monitoring olib borildi.

Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning xabar berishicha, monitoring natijalariga ko‘ra bugungi kunda jami 9 mlrd 9 mln so‘mdan ortiq mablag‘ tibbiyot xodimlariga to‘lab berilmagani aniqlandi.

Xususan:
- Qashqadaryo viloyatida 1 315 nafar xodimlarga 6,8 mlrd so‘m (5,3 mlrd so‘m to‘lab berildi);
- Samarqand viloyatida 694 nafar xodimlarga 838,7 mln so‘m (426,5 mln so‘m to‘lab berildi);
- Buxoro viloyatida 317 nafar xodimlarga 353,5 mln so‘m;
- Sirdaryo viloyatida 741,2 mln so‘m (633 mln so‘m to‘lab berildi);
- Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 211 nafar xodimlarga 163 mln so‘m (to‘liq undirildi);
- Jizzax viloyatida 27 nafar xodimga 36 mln so‘m (to‘liq undirildi);
- Toshkent viloyatida 23 mln so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar xodimga 7,1 mln so‘m (to‘liq undirildi) miqdorda belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmaganlik holatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu holatlarga nisbatan ta’sir choralar ko‘rib borildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot xodimlariga 9 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilmagani aniqlandi