1 may kuni yuz bergan Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi va buning oqibatida katta hajmdagi yer maydonlarini suv bosishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida to‘qqiz kishi qamoqqa olingan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘on qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor to‘qqiz nafar shaxs, jumladan:
- buyurtmachi «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK,
- loyihachi «UzGIP» MCHJ,
- bosh pudratchi — «O‘ztemir yo‘lqurilishmontaj» UK,
- pudratchi tashkilot «Rezaksoy suv qurilish» UK,
- «To‘palang Sherobod» SHK,
- Suv xo‘jaligi vazirligi,
- Ekspluatatsiya direksiyasi
mansabdor shaxslarining bir guruhi Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209 (Mansab soxtakorligi), 258 (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bosh prokuraturadan ma’lum qilishlaricha, tergov organi tomonidan jinoyatning sabablari, unga imkon bergan shart-sharoitlarni, aybdor shaxslar doirasini aniqlash bilan birga, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bosh prokuratura xabarida yetkazilgan zarar miqdori ma’lum qilinmagan.
«Dastlabki tergovni har tomonlama va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hamda jinoyat ishining murakkabligi va katta hajmdaligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati Bosh prokuratura tomonidan 5 oyga uzaytirildi», — deya qo‘shimcha qilingan idora rasmiy axborotida.
Ma’lumot uchun, Sardoba suv ombori 2010—2017 yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaga buyurtmachi sifatida «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK (Suv xo‘jaligi vazirligi), bosh loyihachi — «UzGIP» MCHJ, bosh pudratchi — «O‘ztemir yo‘lqurilishmontaj» UK («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ) tanlangan.
Qayd etishlaricha, suv ombori qurilishiga davlat budjetidan 1,2 trillion so‘m sarflangan. Suv omboridan foydalanish «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasiga qarashli «Sardoba suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi» tomonidan amalga oshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida