Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir necha o‘nlab fuqarolarni 33 mingdan ko‘proq «ko‘ki»ga tushirganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ikki sherik - N.X. va Sh.A.lar o‘zaro til biriktirib, «A.T.C.» korxonasiga a’zo qilish va «elektron do‘kon» sotib olish evaziga bir fuqarodan 920 ming so‘m, yana biridan 300 AQSH dollarini olgan paytda ushlanadi.
Biroq bu hali hammasi emas. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ularning yana bir jinoyati fosh etildi. Ya’nikim, ikki sherik «A.T.C.» saytiga a’zo bo‘lish, boshqalarni mazkur saytga a’zolikka taklif qilish va shu orqali bonus pullari berilishiga ishontirib, jami 53 nafar fuqaroning 33,6 ming AQSH dollari va 3 mln so‘m mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishadi. Qo‘lga kiritilgan pullar esa Sh.A.ning nomiga ochilgan xalqaro plastik (VISA) kartasiga o‘tkazilganligi aniqlangan.
Ayni paytda holat bo‘yicha firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘pam uchrayvermaydigan mazkur jinoyat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)