3 382
Haydovchi mashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘ldi va uning ustiga chiqib oldi
Haydovchi avtomashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘lgan va “Gaz 3110” rusumli transport vositasining ustiga chiqib olgan.
Joriy yilning 31 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi mashinasini YPX va jarima maydonchasidan saqlash uchun uning ustiga chiqib olgani tasvirlangan videolavha tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, videolavhada tasvirlangan holat 2019 yilning 20 sentabr kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni Buxoro viloyati IIB YHXB YPX inspektorlari K.Ahmedov, A.Ibodov va H.Polvonovlar belgilangan dislokatsiya asosida G‘ijduvon tumani, Yu.Hamadoniy ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtida, soat 10:30larda “Gaz 3110” rusumli davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi R.X. YPX inspektori K.Ahmedov tomonidan belgilangan tartibda to‘xtatilgan.
YPX inspektori haydovchining oldiga borib, o‘zini tanishtirib, me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan. Haydovchi me’yoriy hujjatlari yonida mavjud emasligini bildirgan.
Shundan so‘ng, YPX inspektori haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandida belgilangan talablarni buzganligini aytib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirishi zarurligini tushuntirgan.
Haydovchi avtomashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘lgan va “Gaz 3110” rusumli transport vositasining ustiga chiqib olgan.
YPX inspektori haydovchiga me’yoriy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli ushbu avtomashinani jarima maydonchasiga qo‘yishga majburligini yana qayta tushuntirganidan so‘ng transport vositasi jarima maydonchasiga kiritilgan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi