date
views 5 785

Koronavirus kimlarga yuqmaydi?

Koronavirus kimlarga yuqmaydi?
Koronavirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida ma’lumotlar mavjudmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

"JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Bugungi kundagi holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi.

Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa yengil kechiradi
", dedi Ubaydullayeva.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus kimlarga yuqmaydi?