Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo‘yicha tender e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
5 avgust kuni prezident energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
«Transport va logistika tarmog‘i haqida gap ketar ekan, ushbu sohada ham amalga oshirilayotgan ishlar umuman qoniqarli emasligi qayd etildi.
Sohani rivojlantirishning keyingi davrida 27 milliard dollar talab etilishi ma’lum qilindi.
Misol uchun, bugungi kunda Qamchiq dovoni orqali Toshkentdan Andijonga borish uchun tirbandliklar sababli 5-6 soat vaqt sarflanadi, 22 ming avtomobil o‘tadi. Bu ko‘rsatkich kelgusi 5 yilda 40 mingga yetadi. «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yo‘li ishga tushgan taqdirda masofani bosib o‘tish 3 soatgacha qisqaradi, transport harakati esa 70 foizgacha oshadi.
Shu bois davlatimiz rahbari Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo‘yicha tender-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender e’lon qilish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi