2 468
O‘rta-maxsus ma’lumotli yo‘l-patrul xodimlarini oliy ma’lumotlilariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov respublikadagi yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki olti oyida sodir etilgan jinoyatlarning har uchinchisi firibgarlik, o‘g‘rilik va yo‘l-transport hodisalari hisoblanadi.
“Yanvar-iyun oylarida yo‘l-transport hodisalari soni 8, ularda vafot etganlar soni 9,8, jarohatlanganlar soni 20,4 foizga kamaygan.
Lekin bu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Birgina misol. So‘nggi uch yarim yilda qasddan sodir etilan jinoyatlar natijasida 1,5 mingga yaqin odam vafot etgan bo‘lsa, yo‘l-transport hodisalari oqibatida 5 baravar ko‘p – 7,5 ming fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Yo‘l harakati qoidabuzarligini kamaytirish maqsadida og‘ir oqibatli holatlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, yo‘l-patrul xodimlarini o‘qitish, bu holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilish ishlari olib borilmoqda”, dedi vazir 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Senatning 6-yalpi majlisida.
Bobojonov yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq eng katta muammoni aytdi.
“Eng katta muammo – haydovchilik madaniyati. O‘tgan olti oy ichida 11 mingdan ziyod haydovchi avtomobilni mast holda boshqargan. 79 mingdan ortiq piyoda yo‘l qoidasini buzgan, 15188ta holatda avtotransportni boshqarish chog‘ida mobil telefondan foydalanilgan, 360 ming nafar haydovchi avtoulovni xavfsizlik kamarini taqmagan holda boshqargan. Bu holatlar kam ahamiyati bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin aynan shu kabi qoidabuzarliklar og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir oilada, tashkilotda targ‘ibot yuritish, haydovchilarning bilimini oshirish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xodimlarining to‘rtdan bir qismi o‘rta-maxsus ma’lumotga ega. Bosqichma-bosqich tarzda ularni oliy ma’lumotli xodimlarga almashtirish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, sifatsiz yo‘llarni ta’mirlash, radarlarni ko‘paytirish masalalari ham ko‘rilmoqda”, dedi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi