10:55 / 10.08.2020
2 168

+211. Bugungi koronavirusdan kasallanishlar bo‘yicha ma’lumot

+211. Bugungi koronavirusdan kasallanishlar bo‘yicha ma’lumot
2020 yil 10 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 820 (+211) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida (shundan 33 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 143 nafari esa O‘rtasaroy karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida), 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 11 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 22 042 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 582 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)