date
views 2 936

Qanday holatda odam vujudida tibbiy tadqiqot o‘tkazishga ruxsat beriladi?

Qanday holatda odam vujudida tibbiy tadqiqot o‘tkazishga ruxsat beriladi?
Qonunchilikka ko‘ra, insonni ob’ekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga faqat laboratoriya tajribalari o‘tkazilganidan va fuqaroning yozma roziligi olinganidan keyingina davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida yo‘l qo‘yiladi.

Fuqaroni biologik-tibbiy tadqiqotlarda qatnashishga majburlash mumkin emas.

Biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga fuqarodan rozilik olinayotganda unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qo‘shimcha oqibatlari, ehtimol tutilgan xavfi, tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan natijalariga oid ma’lumotlar berilishi lozim.

Fuqaro tadqiqotning istalgan bosqichida unda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday holatda odam vujudida tibbiy tadqiqot o‘tkazishga ruxsat beriladi?