3 341
Buxoro shahri va «Yetti pir» ziyoratgohlari yo‘nalishida transport qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
Joriy yilning 22 avgust kunidan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yo‘li yoqasida joylashgan “Sharq” bosh bekatidan soat 09:00dan e’tiboran karantin talablari bo‘yicha belgilangan barcha sanitariya-gigiyena me’yorlarga amal qilgan holda “Buxoro shahri - Yetti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishida transport qatnovi boshlanadi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda “ARK TRAVEL” MCHJ korxonasi o‘zining avtobus va mikroavtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishdagi qatnov prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining “Buxoro shahri – Yetti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishida transport qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash, viloyatning turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda sayyohlar va viloyat aholisiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida Buxoro viloyati transport boshqarmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi