20:53 / 23.08.2020
4 297

Kuzda koronavirus tarqalishining oldini olish mumkin. Buning uchun...

Kuzda koronavirus tarqalishining oldini olish mumkin. Buning uchun...
Foto: «Yandex»
Koronavirus ikkinchi to‘lqinining oldini olish mumkin. Ayni vaqtda buning uchun tibbiyot xodimlari ixtiyorida barcha vositalar mavjud. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti strategik tashabbuslar bo‘yicha rais o‘rinbosari Raneri Guerra «Corriere della Sera» gazetasiga bergan intervyusida bu haqda aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Italiyada yuqtirishlar soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Biroq bu tashxislash yaxshilanishi va kengayishi bilan bog‘liq. Shunga qaramay, og‘ir bemorlar sonini nazorat qilish mumkin.

«Biz buni o‘rganib oldik, afsuski, og‘ir tajribadan so‘ng», — deya izohladi u.

Guerraning fikricha, o‘quv yili boshlangandan so‘ng yangi kasallanishlar soni ko‘payishi muqarrar. Chunki o‘quvchilar orasidagi jismoniy aloqalarni bartaraf etishning iloji bo‘lmaydi. JSST vakilining ta’kidlashicha, shu paytgacha bolalarning koronavirusni yuqtirish darajasi to‘liq o‘rganilmagan. Misol uchun, 10-11 yoshgacha bo‘lgan bolalar atrofdagilarga kasallikni kamroq yuqtiradi, 12 yoshdan so‘ng o‘smirlarda infeksiyani yuqtirish qobiliyati ortadi, degan nazariya mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuzda koronavirus tarqalishining oldini olish mumkin. Buning uchun...