“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif etildi.
“Hozirgi vaqtda milliy valyutamiz bilan internet saytlarida va turli onlayn do‘konlarda elektron to‘lovlar amalga oshirilmoqda. So‘m tranzaksiyalarda UZS shaklida ko‘rsatiladi. Shuningdek, supermarketlarda va boshqa savdo nuqtalarida ham so‘m to‘liq yoziladi. Shu sababli, boshqa mamlakatlar qatori bizda ham so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish kerak.
Misol uchun, Qozog‘istonda tenge ₸ ko‘rinishida, Qirg‘izistonda som ⊆ ko‘rinishida, Yevropa Ittifoqida yevro € ko‘rinishida va hokazo. So‘mning grafik belgisi joriy qilinsa, matnlarda ham belgilar qisqarib so‘mni yozish qulaylashadi. Peshtaxtalarda narxlar shrifti hajmi kattalashadi.
Markaziy bank tomonidan dizaynerlik tanlovini o‘tkazish orqali O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning grafik ko‘rinishi loyihasini ishlab chiqishni taklif qilaman. Ushbu taklifimga mas’ullar tomonidan e’tibor qaratilishini kutib qolaman”, deb yozadi murojaat muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi