15:08 / 27.08.2020
1 824

Qalbaki mahsulotlarning arzon narxiga uchmang!

Qalbaki mahsulotlarning arzon narxiga uchmang!
Yurtimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va qulay raqobatdosh muhitni yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, tadbirkorlarning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanib, imkoniyatlar ko‘lami tobora kengaymoqda.

Ammo oramizda berilayotgan imtiyozlar va yengilliklarga qaramay, noqonuniy tarzda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham yo‘q emas.

Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi va hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat bo‘yicha yil boshidan jami 344 nafar ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar fosh etilib ulardan umumiy miqdori 1,5 mlrd.so‘mlik tavar moddiy boyliklari masala qonuniy xal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik olib qo‘yilgan.

Bu borada galdagi profilaktik tadbir joriy yilning 19 avgust kuni viloyatning Zangiota tumanida tashkil etildi.

Viloyat soliq organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ayrim jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlandi.

Tekshiruv jarayonida Zangiota tumani Qatortol MFY Tursunqulova ko‘chasi 23-uyda fuqaro N.S tomonidan hech qanday xujjatlarsiz kir yuvish kukunini qadoqlash sexi tashkil etilgani va ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganlar.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.S ga tegishli bo‘lgan 11 turdagi 205 dona 5 884 kg jami so‘mmasi 13 855 200 so‘m bo‘lgan tavor moddiy boyliklari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, shu yilning 11 avgust sanasida o‘teazilgan navbatdagi profilaktik tadbir jarayonida Zangiota tumani Qatortol QFY xududida fuqaro A.K ning hech qanday xujjatlarsiz belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Tekshiruvda davomida fuqaro A.K ga tegishli 1 turdagi 5200 quti, umumiy summasi 20 020 000 so‘mlik “Mega” nomli kungaboqar mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Ta’kidlash joiz, viloyatdagi turli savdo komplekslarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarning davlat ro‘yxatidan qay tartibda o‘tishlari, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil etishlari lozimligi haqida viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan muntazam tushuntirishlar berilmoqda.

Shuni unutmaslik kerakki, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning huquq va manfaatlari har doim qonun himoyasida. Noqonuniy boylik orttirmoqchi bo‘lgan uddaburon “tadbirkorlar” esa qonun oldida javob berishga majbur.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalbaki mahsulotlarning arzon narxiga uchmang!