07:36 / 28.08.2020
1 119

Antitanachalarni aniqlash uchun qaysi test eng informativ hisoblanadi?

Antitanachalarni aniqlash uchun qaysi test eng informativ hisoblanadi?
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.
Jumladan, antitanachalarni aniqlash uchun qaysi test turi eng informativ hisoblanishi haqida so‘ralgan.

«Hech bir test 100 foiz aniqlik bermaydi. Hozirgi vaqtda antitanachalarni aniqlashda eng informativ test — IXLA usuli hisoblanadi.
Ekspress-testlar ham yuqori aniqlikka ega, faqat tashish va qo‘llash qoidalariga rioya qilinganda
», dedi Oqilov.

Shuningdek, murojaatchilardan biri har yili kuzda oilaviy grippga qarshi emlash olishini aytib, bu yil ham emlash olish kerakmi, bu xavfli emasmi, deya so‘ragan.

«Grippga qarshi mavsumiy emlash koronavirusga hech qanday aloqador emas. Agar ushbu vaksinatsiyaga qarshi ko‘rsatmalaringiz bo‘lmasa, odatiy tartibda olish mumkin», deya javob berdi Habibulla Oqilov.

Yana bir murojaatda esa fuqaro o‘z oilasida keksa kishilar borligini aytib, bolani maktabga yuborish qanchalik xavfli bo‘lishi haqida so‘ragan.

«Agar farzandingiz maktabga borishini xavfli deb hisoblasangiz, onlayn ta’lim uchun ariza yozishingiz mumkin. Bu qarorni o‘quv yili davomida o‘zgartirishingiz mumkin bo‘ladi.

Har qanday vaziyatda ham bolaga tibbiy niqobdan to‘g‘ri foydalanish, qo‘llarni yuvish, sanitayzerlardan foydalanish va ijtimoiy masofani saqlashni o‘rgatishingiz kerak
», dedi shtab a’zosi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)