14:49 / 31.08.2020
2 320

Intensiv usulda baliq yetishtirayotgan aholini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Intensiv usulda baliq yetishtirayotgan aholini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
«Baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2020 yildan boshlab sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiradigan xo‘jaliklarga suvdan foydalanganlik uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun belgilangan stavkalarda hisoblanadi.

Kollektor-drenaj suvlaridan olib foydalanilgan suv resurslari soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.

Baliqchilik xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan haqiqatda iste’mol qilingan suv hajmini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, suvdan foydalanganlik uchun soliq bazasi suvni iste’mol qilish normativlarining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

2022 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi tabiiy suv zaxiralari ixtiofaunasi va suv bioresurslarining yagona ma’lumotlar banki tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish maqsadida pullik asosda o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Baliqchilikka o‘qitish bo‘yicha tayanch auditoriyalar, ko‘rgazmali baliqxonalar tashkil etiladi, shartnoma asosida ushbu yo‘nalishdagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari xodimlari, shuningdek, intensiv usulda baliq yetishtirayotgan aholini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun dasturlar doirasida ajratiladigan kreditlar ustuvor ravishda baliqchilikka o‘qitish bo‘yicha kurslarning tegishli sertifikatiga ega bo‘lgan fuqarolarga ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Intensiv usulda baliq yetishtirayotgan aholini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi