18:30 / 05.09.2020
2 795

Tanzila Norboyeva: «Bu yil og‘ir keldi»

Tanzila Norboyeva: «Bu yil og‘ir keldi»
Foto: Senat axborot xizmati
Bugun, 5 sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining Sirdaryo viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.
Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva o‘z nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda «Sardoba» suv omboridagi texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga urg‘u berdi.

– Albatta, islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, ulkan yutuqlarga osonlik bilan erishilmayapti, – dedi Senat raisi T.Norboyeva. – Ayniqsa, bu yil og‘ir keldi. Butun jahonda kuzatilgani kabi mamlakatimizda ham pandemiya va uning ortidan kelgan global iqtisodiy inqiroz tashvishlarga sabab bo‘ldi.

Buning barobarida, «Sardoba» suv omborida yuz bergan halokat va uning oqibatlari nafaqat sirdaryoliklar, balki butun xalqimizni tashvishga soldi. Albatta, ushbu favqulodda va texnogen holatlar oqibatlarini bartaraf etish va kelgusida ularning oldini olish bo‘yicha davlat rahbari va hukumat darajasida barcha zarur choralar tezkorlik va qat’iyatlik bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jabrlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari umumxalq harakati tusini oldi. Bu borada «Sardobaga yordam» aksiyasi ham xalqimizni yanada jipslashtirdi.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan bu boradagi vazifalar ijrosi nazoratga olingan. Albatta, «Sardoba suv ombori»da yuzaga kelgan holat sabablari, kerak bo‘lsa, sababchilari aniqlanadi va qonuniy baho beriladi. Bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak. Biroq hayot davom etmoqda, hozir jabrlangan aholini qo‘llab-quvvatlash, odamlarni rozi qilishga ko‘proq e’tibor qaratish zarur.

Senat hududlar palatasi sifatida kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar, olib borilgan o‘rganish va tahlillar bu borada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan qator muammolarga befarq qaray olmaydi. Shu nuqtai nazardan, Senat tomonidan ishchi guruh tuzilib, «Sardoba suv ombori» to‘g‘onida yuzaga kelgan texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Odamlar bilan bevosita muloqot qilish asnosida qator muammolar aniqlandi. Ularning ko‘plari joyida hal etildi.

Xususan, Ishchi guruh sa’y-harakatlari bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar uchun ajratilgan mablag‘lar undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanzila Norboyeva: «Bu yil og‘ir keldi»