Foto: Getty Images
Yashirin kameralar odatda qo‘l yetmas, ilg‘ash qiyin bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Biroq uni umuman ilg‘anmaydigan qilib o‘rnatishning iloji yo‘q.
“Sinergiya” universiteti mutaxassisi Roman Soldatenkovning ta’kidlashicha, yashirin kamerani smartfondagi kamera va fonarcha yordamida aniqlash mumkin.
Smartfonda kamera va fonarcha yoqilgach, yashirin kamera bor-yo‘qligi tekshiriladigan xonani imkoni boricha qorong‘ilashtirish va uni bir chekkadan tekshirib chiqish lozim. Bunda ayniqsa shiftlarni, rozetka o‘rnatilgan devorlarni sinchkovlik bilan tekshirish lozim.
Agar xonada yashirin kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, unda smartfon ekranida shu’lani (blik) ko‘rish mumkin bo‘ladi. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, smartfonda fonarcha bo‘lmasa, unda oddiy fonardan foydalanib, uni smartfon kamerasi yo‘nalgan tomonga yo‘naltirish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar