16:35 / 07.09.2020
2 255

Soliq qarzdorligi undirilmoqda

Soliq qarzdorligi undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman bo‘limi tomonidan birgina avgust oyining o‘zida olib borilgan ijro haraktlari natijasida
236 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Masalan, bo‘lim ish yurituvida qarzdor “Agroservis” MCHJ dan undiruvchi tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 122 million so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi mavjud. Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilingan va tomonlarga yuborilgan. Olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng, soliq qarzdorligi undirib berildi.

Yoki, “Choroq Mashinasozlik” MCHJ soliq qarzdorligini to‘lamagani uchun majburiy tartibda undirish yuzasidan qaror qabul qilingan. Bir necha bor ogohlantirishga qaramay, qarzdorli bartaraf etilmadi. Davlat ijrochi tomonidan tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga qarzdorga tegishli bo‘lgan bino inshootlari qarzdorlik evaziga xatlangan.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzdorligini undirish choralari ko‘rib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzdorligi undirilmoqda