11:08 / 13.09.2020
2 125

Rasmiy bayonot: Sobiq xodimlarning ish haqi bosqichma-bosqich to‘lab berilmoqda, mehnat qonunchiligi esa nazoratda

Rasmiy bayonot: Sobiq xodimlarning ish haqi bosqichma-bosqich to‘lab berilmoqda, mehnat qonunchiligi esa nazoratda
Joriy yilning 12 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Haligacha yakuniy hisob-kitob choraklik va kompensatsiya puli to‘lab berilgani yo‘q” sarlavhali xabar joylashtirildi.

Mazkur xabarda, Majburiy ijro byurosi Koson tuman bo‘limining sobiq xodimlarining yakuniy hisob-kitob, choraklik va kompensatsiya puli to‘lab berilmagani bayon etilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan olib o‘rganish ishlari davomida, Byuroning Qashqadaryo viloyati boshqarmasining sobiq xodimlariga mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan muddatga muvofiq, keladigan kunlar uchun pullik kompensatsiya to‘lovlari jami 426 nafar xodimlarga 1 mln. 49 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq to‘lab berilganligi ma’lum bo‘ldi.

Birgina, Koson tumani bo‘limining sobiq 36 nafar xodimiga 85.369 ming so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan va 322.815.0 ming so‘m yakuniy hisob-kitob hisoblangan. Hozirda to‘lovlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Aytish lozimki, sobiq 426 nafar xodimlarga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun hisoblangan yakuniy hisob-kitob 4 mln. 414 ming so‘mni tashkil etib, to‘lovlar navbatdagi bosqichda amalga oshiriladi.
Mazkur xabardagi:
- majburan shanba va yakshanba kunlari buyruqsiz reyd tadbirlarini olib borganilganligi;
- Byuroning Koson tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan xodimlarning ishdan bo‘shatish haqida ariza olinishi va nojo‘ya xatti-harakatlari haqidagi vajlari asosga ega emas.

Sababi, boshqarma tizimidagi xodimlarning shanba va yakshanba kunlari ishlashi faqatgina ularning roziligi asosida, ish beruvchining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi hamda ularga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlaridagi ishlari uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berilishi asosida amalga oshiriladi.

O‘tgan davrda, Koson tuman bo‘limi xodimlari tomonidan mehnat qonunchiligi buzilganligi va asossiz ravishda shanba-yakshanba kunlari uchun otgul berilmaganligi bo‘yicha murojaatlar kelib tushmagan.

Bundan tashqari, boshqarma tuman-shahar bo‘limi xodimlarining xizmat bo‘shatish masalasi bo‘lim boshlig‘i hamda o‘rinbosarlari vakolatiga kirmaydi, Byuro tizimidagi xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, shuningdek xizmatdan bo‘shatish masalasi - markazlashgan tartibda nazoratga olingan holda, amalga oshiriladi.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasmiy bayonot: Sobiq xodimlarning ish haqi bosqichma-bosqich to‘lab berilmoqda, mehnat qonunchiligi esa nazoratda