Joylarda o‘zlariga vaqtincha yoki doimiy ravishda foydalanishga ajratilgan yoki biriktirilgan maydonlardagi daraxtlarni saqlash va ularni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun mansabdor shaxslarga o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima belgilanmoqda.
Qonunchilik palatasining 2020 yil 15 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “O‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilishni takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi deputatlarning bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.
Parlament saytida yozilishicha, qonun loyihasi bilan daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, ularni yo‘q qilish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, javobgarlik choralari avvalgisiga nisbatan ikki baravarga oshirilmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mazkur sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni va ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi ham musodara qilinishi nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, joylarda o‘zlariga vaqtincha yoki doimiy ravishda foydalanishga ajratilgan yoki biriktirilgan maydonlardagi daraxtlarni saqlash va ularni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun mansabdor shaxslarga o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima belgilanmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarning g‘ayriqonuniy kesilishi, yo‘q qilinishi, shikastlantirilishi yoki boshqa joyga ko‘chirilishining oldini olishga hamda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish orqali bu boradagi huquqbuzarliklarning kamayishiga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi