Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda dolzarb savollar yuzasidan javob qaytarildi.
— COVID-19ga chalinib zotijam bo‘lgan va tuzalganlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkinmi? Qanday holatlarda emlash mumkinmas?
— COVID-19 bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkin.
Grippga qarshi vaksina bir yillik vaksina bo‘lib, u har ili uchrashi mumkin bo‘lgan grippning shtammlariga qarshi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qiladi. U kovid bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarni kuz-qish mavsumida grippning keladigan shtammlaridan ma’lum darajada himoya qiladi yoki kasallikni yengil kechishini ta’minlab beradi.
Emlash kimlarga mumkinmas:
- Ortirilgan immun tanqis holatlar, ya’ni OITS kasalligining turli bosqichlarida;
- vaksina tarkibidagi ad’yuvanti, ya’ni vaksina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qo‘shimchalariga nisbatan allergik holat;
- bolalarda miyaning organik qismida o‘zgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarning zo‘rayib borishi davri.
Barcha somatik kasalliklar avj olish davrida tana haroratining 38° S dan yuqori ko‘tarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoqlar, qon bosimini ko‘tarilishi yoki tushishi, kuchli og‘riq sindromida va hokazolar o‘tib ketganidan keyin shifokor ko‘rigidan o‘tib, sog‘lom deb tashxis qo‘yilganida, tibbiyot muassasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi