07:00 / 28.09.2020
2 808

Qashqadaryodagi maktablardan birining direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryodagi maktablardan birining direktori pora bilan qo‘lga tushdi
Qashqadaryoda viloyati, G‘uzor tumanidagi 43-sonli maktabning direktori pora bilan qo‘lga tushdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan fuqaro A.M.ning murojaati yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda G‘uzor tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O‘.I. shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan A.M.ga dars soati qo‘shib berish evaziga undan 200 AQSH dollari va 230 ming so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ayni paytda O‘.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryodagi maktablardan birining direktori pora bilan qo‘lga tushdi