
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchining TikTok akkaunti skrinshot va video TikTok yozuvlari tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, «Tracker» rusumli avtomobil haydovchisi (davlat raqami 01 K 550 XA) – 20 yoshli Ismoilov Dilshod Usmon o‘g‘li Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida avariyaviy holatni yuzaga keltirgani sababli (videoga tushirilgan holat) O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5 moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jarimaga tortildi. Uning avtomobili jarima maydonchasiga joylandi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur haydovchi 2019 yilda 8 ta huquqbuzarlik sodir etganligi qayd etilgan («Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi»), 2020 yilda ham u tomondan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni 8 tani tashkil etmoqda (xuddi o‘sha modda bo‘yicha, shulardan to‘rttasining jarimasi to‘langan).
Ijtimoiy tarmoqlarda keltirilishicha, qoidabuzar Toshkent markazida mashinasi tezligini 150 km/soatgacha ko‘targan. Shuningdek, uning otasi Toshkent viloyatidagi shaharlardan birining hokimi ekani aytiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar