Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 09.06.2020 yildagi 2-1002-2003/1016-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor D.Xudayberdiyevadan undiruvchi Sh.Xudoyberdiyev foydasiga 105 mln. 218 ming so‘m ulush pullarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qaror nusxalari taraflarga ijro qilishlik uchun yuborilgan. Biroq qarzdor tomonidan qonun talablari asosida berilgan ixtiyoriy muddatda ulush pullarini undiruvchi fuqaroga o‘z vaqtida to‘lab bermagan.
Oqibatda MIB tuman bo‘limi davlat ijrochisi D.Kirgizov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 28 sentabr kuni undiruvchi fuqaro foydasiga 105.218 ming so‘m ulush pul mablag‘lari to‘liq undirib berildi.
Ijro hujjati ijrosi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas