Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 15 oktabr kuni mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat sabab qirg‘iz xalqiga murojaat qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmatiga asosan, Kabar.kg ma’lumot berdi.
Murojaatdagi asosiy yangilik shundaki, Jeenbekov «tinchlik, mamlakat yaxlitligi uchun» iste’foga chiqishini e’lon qildi.
«Aziz vatandoshlar!
Bishkek shahridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinligicha qolmoqda.
Kecha Jo‘qor Kengesh hukumat tarkibini tasdiqladi, men esa tegishli lavozimlarga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladim. Ammo bu keskinlikni yumshata olmadi.
Afsuski, tajovuz susaymayapti, zudlik bilan iste’foga chiqishim talabi davom etmoqda.
Men uchun Qirg‘izistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimizning birligi va jamiyatdagi osoyishtalik hamma narsadan ustundir. Har bir vatandoshimning hayotidan azizroq narsa yo‘q.
Qirg‘iziston tarixida o‘z fuqarolariga qon to‘kib, o‘q uzgan Prezident sifatida qolishni istamayman.
Shu sabab iste’foga chiqishga qaror qildim» - , deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, 5-6 oktabr kunlari parlament saylovlari natijalari e’lon qilingach, mamlakat namoyishlar to‘lqini ostida qoldi. Oqibatda bosh vazir Kubatbek Boronov lavozimdan ketishga majbur bo‘ldi.
Amaldagi bosh vazir Sadir Japarov boshchiligidagi kuchlar Jeenbekovga ketish talabini qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi