23:30 / 18.10.2020
2 373

Toshkentda qora «Lasetti»dagi qoradorilar fosh bo‘ldi

Toshkentda qora «Lasetti»dagi qoradorilar fosh bo‘ldi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Tadbir davomida, Toshkentdagi avtoturargohlardan biriga qora rangli «Lasetti»da kelgan fuqaro T.F. shartli xaridorga «Regopen» nomli psixotrop dori vositasining har bir donasini 35 000 so‘mdan sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Fuqaro T.F.ning egnidagi kiyimlari cho‘ntaklari va uning hamyoni ko‘zdan kechirilganida, hamyonida 0,25 gramm «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Uning avtomobili ko‘zdan kechirilganida, salon va yukxonada yana 26 dona «Regopen» tabletkasi, 8ta idishda «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qora «Lasetti»dagi qoradorilar fosh bo‘ldi