2 724
O‘zbekistonda epidemiya qoidalarini buzib harakatlanayotgan transportlarni ushlab turish tartibi joriy etiladi
Senatning sakkizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi.
Endilikda kodeksda epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etib harakatlanayotgan transport vositalarini ushlab turish tartibi joriy qilinmoqda. Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar transport vositalari haydovchilarining mas’uliyatini oshirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining haddan tashqari darajasiga ega bo‘lgan ish yuklamasini yengillashtirish nazarda tutilgani qayd etildi.
Kodeksda, shuningidek, nazarda tutilgan transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ham berish bayon etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonun bilan kiritilayotgan o‘zgartishlarga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan bir qatorda ichki ishlar organlariga ham berish nazarda tutiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi va e’lon qilingan kundan kuchga kirishini inobatga olib, mutasaddi idoralarga uni keng targ‘ib qilish hamda to‘liq ishlashi uchun zarur mexanizmlarni ishlab chiqib, joriy etish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi