2 737
O‘zbekistonda epidemiya qoidalarini buzib harakatlanayotgan transportlarni ushlab turish tartibi joriy etiladi
Senatning sakkizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi.
Endilikda kodeksda epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etib harakatlanayotgan transport vositalarini ushlab turish tartibi joriy qilinmoqda. Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar transport vositalari haydovchilarining mas’uliyatini oshirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining haddan tashqari darajasiga ega bo‘lgan ish yuklamasini yengillashtirish nazarda tutilgani qayd etildi.
Kodeksda, shuningidek, nazarda tutilgan transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ham berish bayon etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonun bilan kiritilayotgan o‘zgartishlarga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan bir qatorda ichki ishlar organlariga ham berish nazarda tutiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi va e’lon qilingan kundan kuchga kirishini inobatga olib, mutasaddi idoralarga uni keng targ‘ib qilish hamda to‘liq ishlashi uchun zarur mexanizmlarni ishlab chiqib, joriy etish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi