
Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.A. boshqaruvidagi “Kamaz 65115” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida ushbu umumiy qiymati 300 million so‘mlik yuk avtomashinasiga tegishli hujjatlar avtomashinaning identifikatsion belgilariga to‘g‘ri kelmasligi hamda qo‘shni mamlakatdan noqonuniy tarzda olib kirilganligi aniqlandi.
Buni qarangki, qonunbuzar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarini chalg‘itish maqsadida ushbu noqonuniy olib kirilayotgan “Kamaz”ga boshqa bir “Kamaz”ning davlat raqamini taqib olgan ekan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Bojxona NazoratiNamangan ViloyatiKontrabandaga QarshiKamaz Yuk AvtomashinalariDavlat RaqamiHuquqni Muhofaza Qiluvchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar