07:00 / 25.10.2020
2 001

Tibbiy niqoblar koronavirus tarqalishining oldini oladi. Ammo...

Tibbiy niqoblar koronavirus tarqalishining oldini oladi. Ammo...
Tibbiy niqoblar samarali ravishda koronavirus tarqalishining oldini oladi, ammo xavfni to‘liq bartaraf etmaydi.
Tokio universiteti qoshidagi Tibbiyot instituti olimlari tajriba davomida xuddi shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda Yaponiyaning NHK telekanali.

Ta’kidlanishicha, olimlar tibbiy niqoblarning samadorligini manekenlarning boshlarini datchiklar yordamida 50 santimetr uzoqlikdagi ajratilgan bo‘shliqqa qo‘yish orqali aniqlashgan. Tajriba davomida ulardan biri atrofdagi havodan nafas olgan, ikkinchisi esa yo‘talga taqlid qilgan holda virusni tupik ko‘rinishida unga yo‘naltirib turgan. Natijada nafas olish modelidagi matodan tayyorlangan niqobdan foydalanish infeksiyaning yuqishini 17 foizga, jarrohlik uslubidagi uch qavatli niqob 47 foizga, N95 respiratori esa 79 foizga kamaytirganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, manekanda foydalanilgan istalgan tibbiy niqob ikkinchi maneken tomonidan unga yo‘naltirilgan virus tomchilarining yuqish darajasini 70 foizdan ko‘proqqa kamaytirgan. Jarrohlik niqoblaridan foydalanish esa ikkala manekenda ham maksimal ko‘rsatkichni ko‘rsatgan - 80 foiz.

«Tajribalarimiz pandemiya sharoitida niqob taqishning o‘ta muhimligini, ammo ularga haddan tashqari ishonmaslik kerakligini ko‘rsatdi», - deya xulosa qildi tadqiqot guruhi rahbari, professor Yosixiro Kavaoka.

Ta’kidlanishicha, koronavirusdan foydalanilgan holda tashkil etilgan ushbu tajriba birinchi marotaba o‘tkazilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)